Xarajat, daromad va qarzlaringizni Telegram'da kuzating. Yozing, gapiring yoki skrinshot yuboring — Molio hammasini tushunadi va sizdan tasdiq so'raydi.
Yozsangiz ham, gapirsangiz ham, skrinshot tashlasangiz ham — Molio tushunadi.
"Nonga 10 ming" deb yozing — AI summa, kategoriya va izohni o'zi aniqlaydi.
Yo'ldamisiz? Ovozli xabar yuboring — Molio eshitib, yozuvni qo'shadi.
Click, Payme yoki bank xabarnomasi skrinshotini yuboring — Molio o'qiydi.
Telegram ichidagi ilova orqali balans, statistika va qarzlaringizni ko'ring. Yuklab olish kerak emas — bot ichidagi tugma orqali ochiladi.
Yozish — bu boshlanishi. Asosiy foyda keyin ko'rinadi.
Qarzni ikkala tomon ham tasdiqlaydi. Daftar umumiy — kelishmovchilik bo'lmaydi.
Qancha sarfladingiz, qancha topdingiz va qayerga ketdi — grafiklarda.
To'y, sunnat, ma'raka — O'zbek hayotiga moslangan alohida toifalar.
Bitta bank skrinshotidan bir nechta xarajatni avtomatik ajratadi.
Yozuv qo'shish 10 soniyadan kam vaqt oladi. Hisob-kitob — Molio zimmasida.
Ma'lumotlaringiz faqat sizniki. Reklama yo'q, uchinchi tomonga sotilmaydi.
Ro'yxatdan o'tish, parol o'ylash yoki ilova yuklab olish kerak emas.
Matn yozing, ovozli xabar yuboring yoki bank skrinshotini tashlang — Molio avtomatik aniqlaydi.
Balans, oylik statistika va qarzlar — Molio ilovasida bir bosish bilan ko'rinadi.
Ha, butunlay bepul. Yashirin to'lov yo'q, reklama yo'q.
Molio ilovasi — Telegram ichida ochiladigan vizual panel. Unda balans, oylik statistika va qarzlar ko'rinadi. Botdagi menyu tugmasi orqali ochiladi, alohida yuklab olish shart emas.
Qarz yozganingizda Molio ikkinchi tomonga havola yuboradi. U tasdiqlagach, ikkalangiz ham bir xil daftarni ko'rasiz. To'lovlar ham ikki tomon roziligi bilan belgilanadi — shuning uchun kelishmovchilik bo'lmaydi.
Ha. Molio o'zbek tilidagi ovozli xabarlarni tushunadi. Rus tilida ham gapirishingiz mumkin.
Telegram'da rasmni botga yuboring. Click, Payme, Humo, Uzcard — har qanday ilova skrinshoti ishlaydi. Rasmda bir nechta tranzaksiya bo'lsa, Molio har birini alohida tasdiqlashga taklif qiladi.
Bot ichida Yordam tugmasini bosing va xabaringizni yozing. Javob tez va bevosita admindan keladi.
Pulingizni boshqarish 30 soniyada boshlanadi. Yuklab olish, ro'yxatdan o'tish yoki to'lov kerak emas.
Telegram'da boshlash